BIZNES AKSELERATOR TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 iyundagi “2020 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 365-son Qarori bilan tasdiqlangan Konsepsiyaning 4-bandiga asosan Akademiyaning moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlardan biri - bu:

bank, moliya va iqtisodiyotning boshqa sub’ektlariga biznesni innovatsion o‘zgartirish, rivojlanish jarayonlarini o‘rganish va innovatsion loyihalar boshqaruvi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi biznes-akselerator yaratish;

Shuningdek, Qarorning 2-ilovasi “2020 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar Rejasi” ning 12-bandida quyidagilar ham ko‘zda tutilgan:

Tadbirlar nomi - Tavakkalchilik yuqori bo‘lgan innovatsion loyihalarni moliyalashtirish va tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun venchur jamg‘armasi va boshqaruv kompaniyasini tashkil qilish.

Amalga oshirish mexanizmlari:
1. Me’yoriy va uslubiy bazani tayyorlash.
2. Malakali mutaxassislarni tanlash.
3. Fondning 1 mlrd so‘m miqdoridagi boshlang‘ich kapitalini shakllantirish.
4. Qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda Boshqaruv kompaniyasini shakllantirish.

Muddat: 2021 yil dekabr.

Mas’ul ijrochilar: Bank-moliya akademiyasi, Moliya vazirligi kapital bozorini rivojlantirish Departamenti.

Biznes akselerator nima?

Biznes akseleratorlar, (boshqacha nomi “urug‘ akseleratorlar”) belgilangan vaqtda, jamoalarga asoslangan dasturlar bo‘lib, unga mentorlik va ta’lim komponentlarini o‘z ichiga olgan, ommaviy tadbir yoki demo kun bilan yakunlanadigan dasturlar. Biznes-inkubatorlar ko‘pincha davlat tomonidan ta’minlanadi, odatda o‘z mablag‘larini olmaydilar va kamdan-kam mablag‘ ajratadilar, akseleratorlar esa xususiy yoki davlat tomonidan moliyalashtirilishi va sanoatning keng doirasini qamrab olishi mumkin. Biznes-inkubatorlar g‘oya paytida biznes loyihalarni qabul qiladi, biznes akselerator esa mavjud bo‘lgan bizneslar arizalarini tanlab olishdan iborat.

Kontaktlarimiz:

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Biznes akseleratori yangiliklari bilan tanishtirib borishda qulaylik yaratish maqsadida telegramda ham kanal yaratilgan: @bfa_ba.

Biznes akselerator masalalari bo‘yicha murojaat uchun: @bfa_ba_bot.